14 noy 10:32
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” sobiq ustozi MLS’da yil murabbiyi bo'ldi
Xerardo Martino MLS’da yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
“Barselona” jamoasi sobiq bosh murabbiyi ayni damda Amerikada “Atalanta” jamoasiga ustozlik qilayotgan Xerardo Martino 2018 yil yakunlariga ko'ra MLS’ning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Jamoa uning qo'l ostida MLS pley-offiga yo'l oldi.
Qayd etish joiz, u mavsum yakunida jamoani tark etish borasida yakuniy qarorni qabul qilib ulgurgan. Ikkinchi o'rin esa “Los-Anjeles” jamoasi bosh murabbiyi Bob Bredliga, uchinchi pog'ona esa “Sporting Kanzas Siti” ustozi Piter Vermesga nasib etdi.
Havola :
Fikrlar