So’nggi yangiliklar

00:25Қирғизистонлик Миқтибек Оралбай Қатарда нокаут орқали ғалаба қозонди (ВИДЕО) 0 23:43Тагир Уланбеков UFC'даги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 22:45Хабибнинг жамоадоши UFC'даги дебютида 41 яшар спортчига ютқазди 0 22:18Қозоғистонлик Асу Алмабаев Алекс Пересни бўғиб қўйди (ВИДЕО) 0 22:01Арман Царукян Дэн Хукерга қарши! UFC Qatar турниридан ОНЛАЙН 0 17:32Жаҳон кубоги. Финал чиптаси учун кечаётган ўзбек дербисининг иккинчи партияси ўтказилди 0 17:11Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга имкониятни бой берди 0 16:50Павел Дуров Хабибнинг машҳур папахалари кимошди савдосига қўйилишини маълум қилди 0 16:29Ўзбекистонлик ёш шахматчи Осиё чемпиони бўлди 0 16:08Пётр Ян реванш мақомидаги чемпионлик жанги учун АҚШга йўл олди + ФОТО 0 15:47"Лига кучайиб қолмади": Ла Лига президенти Саудия Арабистони чемпионатини танқид қилди 0 15:26"Ҳумо" Бишкек клубини 16:1 ҳисобида мағлуб этди 0 15:05Дэн Хукер Арман Царукян жароҳат олганини айтмоқда + ФОТО 0 14:44Жорж Сент-Пьерр: "Чимаевни тўхтатиб бўлмайдиганга ўхшаяпти" 0 14:23"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди? 0

04 noy 07:47
Yangiliklar

Futbol

"Barselona" so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi

Teglar :  BarselonaFutbol
Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida “Rayo Valekano” jamoasi mehmoni bo'lgan “Barselona” qiyinchilik bilan uch ochkoni qo'lga kiritdi.

Madriddagi “Kampo de Valekas” stadionida kechgan bahs Valverde jamoasi uchun yaxshi boshlandi. 11-daqiqada chap qanotdan Alba uzatib bergan to'pni Luis Suares darvozaga yo'llab hisobni ochdi-0:1. Bo'lim oxirlariga kelib mezbonlar muvozanatni tiklashdi. Xose Anxel Poso jarima maydonchasi tashqarisidan uzoq burchakka aylanma zarba yo'lladi. Ter SHtegeni har qancha urinmasin, to'p darvoza ustuniga tegib, to'rga yo'l oldi-1:1.

Ikkinchi bo'limning 12-daqiqasida maydon egalari hisobda olinga chiqib olishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Garsiya kataloniyaliklar posbonini ojiz qoldirdi-2:1. O'yin shu hisobda yakuniga yotayotgan bir paytda La Liga peshqadami iroda kuchini namoyish etdi. Dastlab zaxiradan maydonga tushgan Usmon Dembele Pike uzatib bergan to'pni kuchli zarbasi bilan pastki burchakka joylab qo'ygan bo'lsa, so'nggi daqiqalarda Serxi Robertoning uzatmasini Luis Suares ajoyib “podkat” ishlatib, darvozaga yo'naltirdi -2:3.

Ushbu g'alabadan keyin “Barselona” ochkolari sonini 24 taga etkazib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirayotgan bo'lsa, “Rayo Valekano”6 ochko bilan 19-pog'onada bormoqda.

Rayo Valekano – Barselona 2:3 (1:1, 1:2)

Gollar:0:1 – 11 Suares, 1:1 – 35 Poso, 2:1 – 57 Garsiya, 2:2 – 87 Dembele, 2:3 – 90 Suares.

RayoValekano – Garsiya, Advinkula, Galves (Velaskes, 71), Amat, Moreno, Komesanya, Embarba, Trexo (Garsiya, 57), Imbula, Poso, de Tomas (Alegriya, 65).

Barselona –  ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Langle, Alba, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 67), Rafinya (Dembele, 52), Suares, Koutino (Munir, 67).

Ogohlantirish: Amat (6), Langle (17), de Tomas (49), Alba (70), Garsiya (89), Velaskes (90).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing