09 may 17:17
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Suaresni sotib yubormoqchi
"Barselona" forvardi Luis Suares yozda jamoani tark etishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi rahbariyati 31 yoshli hujumchini sotish yo'llarini ko'rib chiqmoqda.
"Barselona" "Atletiko"ga Antuan Grizmanning shartnomasida yozilgan 100 mln. evrolik tovon pulini to'lab, yaxshi taklif bo'lsa, Suaresni pullab yubormoqchi.
Suares 2014 yilning yozida "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgan edi. U ko'k-anorranglilar safida 195ta uchrashuvda maydonga tushib, 151ta gol urdi va 86ta golli pas berdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar