01 noy 12:35
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" ter SHtegenni sotishga qaror qildi
"Barselona"ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen klubini o'zgartirishi mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" xohlovchilardan futbolchini xarid qilish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Kataloniyaliklar ter SHtegenning transferidan 55 mln evro miqdorida ishlab olishmoqchi. 29 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
Mark-Andre 2014 yilning yozidan beri "Barselona"da o'ynaydi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar