12 dek 05:11
Yangiliklar

"Barselona" "Tottenxem" bilan durang o'ynadi, "Inter" alamli tarzda guruhdan chiqa olmadi
Guruh peshqadami va nimchorak final yo'llanmasini muddatidan avval hal qilgan "Barselona" o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi. Ikkinchi tarkib bilan harakat qilgan kataloniyaliklar 1:1 hisobida durang o'ynashdi.
Uchrashuvning 85-daqiqasida Lukas Moura tomonidan kiritilgan gol londonliklarga guruhda ikkinchi o'rinni taqdim etdi. "Inter" esa o'z uyida PSVni mag'lub eta olmay, 1/8 final chiptasidan mahrum bo'ldi. "Tottenxem" va "Inter" 8 ochkodan jamg'arishdi.
O'zaro ko'rsatkichlarga ko'ra ingliz klubi keyingi bosqichga chiqdi. "Inter" esa uchinchi o'rin sohibi sifatida Evropa Ligasida kurashni davom ettiradi.
Barselona Ispaniya – Tottenxem Angliya 1:1 (1:0, 0:1)
"Kamp Nou" stadioni
Gollar: 1:0 – 7 Dembele, 1:1 – 85 Lukas Moura.
Barselona – Sillessen, Langle, Miranda, Nelson Semedu, Vermalen, Artur, Alenya, Koutino, Rakitich (Buskets, 46), Dembele (Denis Suares, 76), Munir (Messi, 63).
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker-Piters (Lamela, 61), Vertongen, Uinks (Lorente, 83), Sissoko, Alli, Eriksen, Keyn, Son Xyon Min (Lukas Moura, 71).
Ogohlantirishlar: Uoker-Piters (15), Nelson Semedu (68).
Inter Italiya – PSV Gollandiya 1:1 (0:1, 1:0)
"Juzeppe Meacca (San-Siro)" stadioni
Gollar: 0:1 – 13 Losano, 1:1 – 73 Ikardi.
Inter – Xandanovich, de Vrey, Asamoa (Martines, 69), D`Ambrozio, SHkrinyar, Valero, Brozovich, Perishich, Kandreva (Keyta Balde, 56), Politano (Vrsalko, 83), Ikardi.
PSV – Zut, Seynsberi, Tasende, Dumfris, Virgever, Guterres (Sadilek, 65), Xendriks, Losano (Pereyro, 90), Rosario, Bergveyn (Malen, 71), de Yong.
Ogohlantirishlar: Brozovich (44), Zut (52), Bergveyn (71), Politano (71), Sadilek (86), Dumfris (90), SHkrinyar (90).
Fikrlar