14 noy 12:17
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" tovon puli 100 million evro bo'lgan hujumchini sotib olmoqchi
Kataloniya klubi rahbariyati Robert Levandovskiga o'rinbosar izlashda davom etmoqda.
"Barselona" bosslari Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Samu Omorodionga qiziqish bildirmoqda. O'tgan yozda "Atletiko"dan "Portu"ga ko'chib o'tgan hujumchining tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi.
Malumot uchun, 20 yoshli hujumchining Portugaliya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan. Hujumchi joriy mavsum 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 12 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar