28 iyu 13:05
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" tovon puli 50 million evrolik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Barselona" "Vilyarreal"ning markaziy himoyachisi Pau Torresga qiziqmoqda.
Kataloniyaliklar "sariq suv osti kemasi" bilan 23 yoshli ispaniyalik futbolchining ehtimoliy transferi borasida aloqaga chiqqan.
Torres o'tgan yozda "Vilyarreal" bilan tuzgan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirgan edi. Uning tovon puli 50 mln evroni tashkil etadi, bu narx 75 milliongacha ko'tarilishi mumkin.
Futbolchi joriy mavsum "Vilyarreal" tarkibida La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Cadena Cope
Fikrlar