29 noy 16:04
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" va "Bavariya" 22 yoshli Kamaraga qiziqmoqda
Yarim himoyachi Bubakar Kamara yozda "Marsel"dan ketishi mumkin.
22 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan, ammo tomonlar yangi bitim borasida bir to'xtamga kelishmadi. O'yinchiga 4ta taklif yuborilgan, ammo barchasi rad etilgan.
Muzokaralardagi ushbu holat sabab xavbekka "Bavariya" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Ular o'yinchi bilan yozda tekinga shartnoma imzolashni xohlashadi.
Kamara joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : Foot Mercato
Fikrlar