14 iyu 11:25
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" va "CHelsi" "Bavariya" futbolchisi uchun kurashadi
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Saber Desfagresning tvitterda xabar berishicha, francuzni "Barselona" va "CHelsi" kuzatmoqda. Koman "Bavariya"dan ketishni xohlamoqda, ammo Myunxen klubi yarim himoyachi bilan katta narx evaziga xayrlashishga tayyor.
25 yoshli Koman "Bavariya" safida o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 15ta assist qayd etdi.
Francuzning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : twitter.com/saberdesfa
Fikrlar