11 apr 08:59
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” va “Liverpul” "Sevilya" futbolchisi uchun kurashadi
Diego Karlos top-klublar nishonida.
“Barselona” “Sevilya” klubi himoyachisi Diego Karlosning xizmatlariga qiziqib qoldi. Andalusiya klubi 27 yoshli himoyachi bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas. Klub uning transferidan 35 mln evro ishlab olish niyatida. “Barselona” esa futbolchi uchun katta mablag' to'lay olmaydi, shu boisdan Karlosni Ivan Rakitichga almashtirish variantini ko'rib chiqmoqchi.
Karlosning xizmatlariga, shuningdek, “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda. Yurgen Klopp braziliyalik himoyachini Virjil van Deykka munosib sherik sifatida ko'rmoqda.
Diego Karlos joriy mavsum La Ligada 25 ta o'yin o'tkazdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar