15 dek 06:27
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" VAR tizimi ustidan shikoyat qiladi
Kataloniya klubi "Real Sosedad"ga (2:2) qarshi uchrashuv mobaynida hakamlarning qarorlaridan qoniqmadi.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, “Barselona” klubi prezidenti Jozep Bartomeu Ispaniya qirolligi futbol federaciyasiga (RFEF) VAR tizimi ustidan ustidan rasmiy shikoyatnoma yo'llaydi. Bartomeu “Sosedad”ga qarshi uchrashuvda noroziliklarga sabab bo'lgan hakamlik bilan bog'liq holatlar yuzasidan tushuntirish so'raydi.
“O'yinni boshqargan referi Xaver Alberola Roxas uchrashuvning so'nggi daqiqalarida “Real Sosedad” himoyachisi Diego Lorente jarima maydonchasi ichida Pikening kiyimidan tortib qolgani uchun VAR tizimiga murojaat qilmadi, ammo birinchi bo'limda shunga o'xshash vaziyat tufayli raqib foydasiga penalti belgilangandi”, - deyiladi Diario Sport nashrida.
Havola :
Fikrlar