28 noy 12:19
Yangiliklar
Futbol
“Barselona” vice-prezidenti “Man Siti” vingeri bilan muzokaralar boshlanganini tasdiqladi
Oxirgi vaqtlarda “Manchester Siti” futbolchisi Ferran Torresning “Barselona”ga o'tishi haqida xabarlar ko'paymoqda.
Buni klub rahbariyati vakili Rafa Yuste ham tasdiqladi. Tomonlar muzokaralarni boshlagan.
“Ferran – aqlbovar qilmas o'yinchi. Bu kabi futbolchilar biz uchun o'ynashini xohlaymiz. “Siti” bilan aloqalarimiz yaxshi, keling, hammasi qanday kechishini kuzatamiz”, deydi vice-prezident.
Torresning transferi yanvarda amalga oshishi kutilmoqda. Uning narxi esa 50 mln evroga baholanmoqda.
Havola :
Manba : Diario Sport
Fikrlar