07 dek 13:16
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" vingeri jamoani tark etish haqida o'ylamoqda
Futbolchi kelajagi haqida bosh qotiryapti.
"Barselona" vingeri Ferran Torres jamoani tark etish haqida o'ylamoqda, deb xabar berdi AS.
Futbolchining fikricha, vaziyat uning uchun qiyinlashib bormoqda.
Futbolchi agentlarining "ko'k-anorranglilar" vakillari bilan munosabatlari yomonlashgan. Ularning fikricha, Mateu Alemani ketganidan keyin futbolchi klub ichida qo'llab-quvvatlanmayapti.
Ispaniyalik futbolchining o'zi ham o'zini muhim deb hisoblamaydi. U "Barselona" qiyin moliyaviy ahvol tufayli transferga qo'ygan futbolchilardan biri bo'lishi mumkinligidan qo'rqadi.
23 yoshli vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 19 ta o'yin o'tkazib, 5 ta to'p kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar