17 avg 12:52
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" yana ikki nafar futbolchi sotib olmoqchi
"Barselona" yaqin vaqt ichida Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Usmon Dembele va "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni xarid qilishi mumkin.
Bu haqda Kataloniya klubi bosh menejeri Pep Segura malum qildi.
"Yaqin vaqt ichida biz jamoa tarkibini kuchaytiramiz. Koutino va Dembeleni xarid qilishga yaqinmiz, ammo hozircha kelishuv amalga oshmayapti, bu borada boshqa hech narsa deya olmaymiz. Bu futbolchilar "Barselona" libosida o'ynaydi deb umid qilamiz" - deydi Segura.
Oldinroq, Koutino "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppga "qizillar" safida boshqa o'ynamasligini aytgani elon qilingan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar