20 jan 07:41
Yangiliklar

"Barselona" yangi murabbiy qo'l ostida g'alaba bilan boshladi
Seten boshqaruvidagi ilk bahsda o'z uyida "Granada"ni mehmon qilgan kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 10-o'rindagi raqib darvozasini mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolgandan keyin ishg'ol qilishdi va yakunda qiyin g'alabaga erishishdi.
Qayd etish kerakki, "Granada" uchrashuvning 69-daqiqasidan keyin Sanchesning chetlatilishi natijasida uchrashuvni kamchilikda tugatdi. Lionel Messi o'yinning 76-daqiqasida Vidalning uzatmasini golga aylantirib, yangi murabbiy Setenning debyuti muvaffaqiyatli o'tishini taminladi.
Mazkur g'alabadan so'ng "Barselona"ning ochkolari soni 43taga etdi va bu borada kecha "Sevilya"ni dog'da qoldirgan "Real"ni quvib etdi. Ayni paytda turnir jadvalida bir xil ochko to'plagan ikki azaliy raqiblar orasida to'plar nisbatiga ko'ra "Barselona"etakchilikni qo'lga olgan.
La Liga, 20-tur. Turnir jadvali
Barselona – Granada 1:0
«Kamp Nou»
Gol: 1:0 – 76 Messi.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Buskets, Vidal (Artur, 83), Rakitich (Puch, 71), Fati (Karles Peres, 79), Messi, Grizmann.
Granada – Ruy Silva, Fulke, Xerman Sanches, Duarte, Dias, Vadilo (Puertas, 65), Gonalon, Eteki (Martines, 72), Aziz (Errera, 56), Machis, Fernandes.
Ogohlantirishlar: Machis (12), Xerman Sanches (59), Fernandes (72).
CHetlatish: Xerman Sanches (69).
Fikrlar