12 jan 07:21
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” yirik g'alabaga erishdi va chorak finalga yo'l oldi
“Barselona” klubi Ispaniya Kubogining so'nggi chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Nimchorak finalning javob uchrashuvida kataloniyaliklar o'z maydonlarida “Selta”ni yirik hisobda taslim etishdi. Uchrashuvning 15-daqiqsidayoq Messi “dubl”ga erishgan bo'lsa, bo'lim oxiriga qadar Alba va Suares ham o'z hisoblariga gol rasmiylashtirishdi.
O'yinning 87-daqiqasida Ivan Rakitich uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi - 5:0. “Barselona"ning chorak finaldagi raqibi qura natijasiga ko'ra aniqlanadi.
Havola :
Fikrlar