17 okt 16:13
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" yuqori maosh va Rayolaning komissiyasi sabab Pogba bilan shartnoma imzolamaydi
"Barselona" kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolashga urinmaydi.
Kataloniya klubi kelasi yozda markaziy yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni xohlagandi, ammo Pogba varianti "ko'k-anorranglilar"ning moliyaviy muammolari sabab imkonsiz.
"Barsa" Pogbaga MYUda olayotgan 17 mln evro maoshni to'lay olmaydi. Bundan tashqari, agent Mino Rayola shartnoma imzolashdan oldin katta komissiya so'raydi.
"Barsa" Pogba uchun aukcionda ishtirok etmaydi. Klub xavbekning agenti boshqa klublar bilan aloqa orqali o'z mijozining yangi shartnomasini yaxshilash uchun "Yunayted"ga bosim qilmoqda deb hisoblamoqda.
28 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 8 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar