08 fev 13:52
Yangiliklar
Futbol

"Barselona"da 2015 yildan beri eng yaxshi g'alabali seriya
"Barselona" kecha Ispaniya chempionati 22-turi doirasida Sevilyaning "Betis" (3:2) klubini mag'lub etdi.
Bu bilan "ko'k-anorranglilar" mehmondagi ketma-ket to'qqizinchi g'alabani qo'lga kiritishdi. Bu "Barsa"ning 2015 yildan beri eng yaxshi seriyasi. O'shanda jamoa ustozi Luis Enrike edi.
"Barselona" La Ligada 21 o'yindan so'ng 43 ochko jamg'argan holda jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda.
Kataloniyaliklar etakchi "Atletiko"dan 7 ochko ortdalar, shu bilan birga madridliklarda 2ta zaxira o'yini mavjud.
Havola :
Manba : MisterChip
Fikrlar