20 sen 07:27
Yangiliklar
![](/upload/storage/19405_220.jpg)
“Barselona”da 6:1 hisobidagi g'alaba, Messida “poker”!
"Kamp Nou"da kechgan o'yinda mezbonlar 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi to'rtta gol urib o'z hisobiga “poker” rasmiylashtirgan bo'lsa, Denis Suares va Paulino ham gollar shousiga munosib hissa qo'shishdi.
SHu tariqa “Barselona” 5 ta uchrashuvdan 15 ochko to'plagan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilishda davom etmoqda. “Eybar” esa 6 ochko bilan 13-pog'onani band etgan.
Ispaniya chempionati, 5-tur.
Barselona – Eybar 6:1
Gollar: 1:0 – 20, penalti Messi, 2:0 – 38 Paulino, 3:0 – 53 Denis Suares, 3:1 – 57 Enrik, 4:1 – 59 Messi, 5:1 – 62 Messi, 6:1 – 87 Messi.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Din, Nelson Semedu, Pike, Inesta (Serdji Roberto, 63), Buskets (Rakitich, 65), Denis Suares, Paulino, Deulofeu (Aleish Vidal, 75), Messi.
Eybar – Dmitrovich, Galves, Paulu Oliveyra, Junka, Kapa (Penya, 65), Dani Garsiya (Rivera, 77), Eskalante, Inui, Jordan, Arbilya, Enrik (SHarles, 72).
Ogohlantirishlar: Kapa (10), Galves (80).
Fikrlar