26 iyu 18:05
Yangiliklar
Futbol

"Barselona"da Dani Alvesni ortga qaytarishni istashmayapti
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu Dani Alvesni jamoaga qaytarish variantidan voz kechdi.
Manbaning malumotlariga ko'ra, braziliyalik futbolchi boshqaruvchi bilan telefonda bo'lgan suhbatda unga o'z xizmatlarini taklif qilgan, ammo "ko'k-anorranglilar" 36 yoshli himoyachiga qiziqishmayapti.
Qayd etish kerak, kataloniyaliklar mavsumlar oralig'ida jamoadan ketishi kutilmayotgan Nelson Semeduga ko'proq ishonch bildirishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Alves 2008-2016 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan.
Oldinroq uning "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar