21 avg 08:05
Yangiliklar

“Barselona”da yirik g'alaba, Suaresda xet-trik, Messida dubl
Kataloniyaliklar muhtasham “Kam Nou” stadionida “Betis” klubini qabul qilib, yirik 6:2 hisobida zafar quchishdi. O'tgan mavsum to'purari Luis Suares xet-trikka erishgan bo'lsa, Lionel Messi dubl muallifiga aylandi. Yana bir golni Arda Turan kiritdi. Mehmonlar safida har ikki gol Ruben Kastroga tegishli bo'ldi.
Ispaniya chempionati, 1-tur.
BARSELONA – BETIS 6:2
“Kamp Nou” stadioni
Gollar: 1:0 – 6 Turan, 1:1 – 21 Ruben Kastro, 2:1 – 37 Messi, 3:1 – 42 Suares, 4:1 – 56 Suares, 5:1 – 57 Messi, 6:1 – 82 Suares, 6:2 – 84 Ruben Kastro.
“Barselona” – Bravo, Alba (Din, 76), Pike, Umtiti, Rakitich, Serdji Roberto, Buskets, Suares (Munir, 70), Turan, Suares, Messi.
“Betis” – Adan, Peccelya, Mandi, Bruno Gonsales, Durmisi, Guterres (Musonda, 55), Sexudo, Marten (Sebalos, 36), Petros (Fabian Ruis, 59), Sanabriya, Ruben Kastro.
Ogohlantirishlar: Sexudo (45), Suares (62), Sebalos (68), Ruben Kastro (77).
Fikrlar