11 jan 11:06
Yangiliklar
Futbol

"Barselona"dan yana bir transfer
"Barselona" 12 yanvar kuni jamoaning yangi futbolchisini tanishtiradi.
"Palmeyras" himoyachisi Yerri Mina ertaga "Barselona" futbolchisi sifatida elon qilinadi. Malumotlarga ko'ra, u Kataloniya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Bitimdagi tovon puli esa 100 mln. evro. Ko'k-anorranglilar kolumbiyalik futbolchi uchun 12,3 mln. evro to'lashadi.
Avvaliga "Barselona" Minani joriy mavsum oxirida xarid qilmoqchi edi, biroq klub voqealar rivojini tezlashtirdi. Bunga himoyachi Samuel Yumtitining jarohati va Xaver Maskeranoning klubdagi kelajagi noaniqligi sabab bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar