11 fev 07:20
Yangiliklar

"Barselona"ning g'alabali seriyasi yakunlandi
Bu kataloniyaliklar uchun so'nggi 7 uchrashuvdagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. Bungacha jamoa 6 ta o'yindan iborat g'alabali seriya qayd etayotgandi.
Mag'lubiyat orqali shuningdek jamoaning safardagi 10 ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi ham nihoyasiga etdi.
"Sevilya" – "Barselona" 2:0
"Ramon Sanches Pisxuan"
Gollar: 1:0 – 25 Kunde, 2:0 – 85 Rakitich.
"Sevilya" – Bunu, Kunde, Eskudero (Munir, 69), Diego Karlos, Aleish Vidal, Jordan (Gudel, 80), Fernando, Suso (Oliver Torres, 82), Rakitich, Gomes (Rekik, 69), En-Nesiri (de Yong, 69).
"Barselona" – ter Stegen, Umtiti (Trinkau, 90), Mingesa, Firpo, Alba, de Yong, Buskets, Pedri (Puch, 85), Dembele, Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Alba (45), Jordan (64), Eskudero (66), Aleish Vidal (84).
Ushbu jamoalar o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvi 4 mart kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar