So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

08 may 17:46
Yangiliklar

Futbol

"Barselona"ning mag'lubiyatiga sababchi bo'lgan uch futbolchi

Teglar :  Barselona
O'tgan mavsumda "Barselona" deyarli hal etilgan ishni chippakka chiqarib, "Roma"ga 0:3 hisobida yutqazgan holda ECHLni tark etgandi.

Kataloniyaliklar endi "Enfild"da uch gollik "fora" bilan ham nimanidir eplay olmadi.

To'g'ri, Usmon Dembele jarohat olgandi. Biroq LaLiga chempionlarining tarkibida uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi bor edi. Valverde esa Saloh va Firminosiz qolgan "Liverpul" qo'lni ko'tarib, taslim bo'ldi deb o'yladi. Biroq bir tomonda Yurgen Kloppning qahramonona xarakterli jamoasi ularga syurpriz tayyorlab turgandi.

O'yin davomida Arturo Vidal hamda Leo Messi jamoani oldinga boshladi. Ammo tezkor gollar va "Liverpul"ning bosimi "Barselona"ning "ko'zi"ni ochirmadi. So'nggi 4 yilda ECHLdagi ishtirok bilan "klinch" holatiga kelgan Kataloniya klubi omadsizlikka uchradi.

Ammo mag'lubiyatda "Barselona"ning ayrim futbolchilari ham aybdor bo'lib qolishdi desak mubolag'a bo'lmas...

3. FILIPPE KOUTINO

Braziliyalik 142 millionlik futbolchi bu mavsumda "Barselona" asosiy tarkibida muqim joy ola bilmayapti. U "Barselona"ning eng qimmat o'yinchilaridan biri va shu boisdan jamoadagi eng yaxshisi bo'lishi kerak aslida.

Ammo Valverde vaqtlar o'tsa ham undan to'g'ri foydalanishni bilmayapti. U kechagi o'yin davomida atigi bir martagina aniq zarba berdi, jamoaning ko'plab hujumlarini to'xtatib qo'ydi. Koutino bosh murabbiyi tomonidan berilayotgan oltinga teng imkoniyatlardan foydalanmayapti.

Qayd etish kerak, futbolchining 22 foiz to'p uzatmalari noaniq ko'rinish oldi va himoyada "Barselona"ga umuman yordam bermadi. Uning to'p yo'qotishidan keyin esa "Liverpul" futbolchilari gol urib ketishi mumkin edi. SHuningdek, "Liverpul" ijro etgan 3 burchak zarbasi aynan Koutinoning xatosidan keyin bo'ldi.

SHu boisdan Valverde futbolchini ikkinchi bo'limda o'zgartirishga qaror qildi. Koutino shu kuni juda yomon o'ynadi.

2. KLEMAN LANGLE

Franciyalik himoyachi o'tgan yili 36 million evro evaziga "Barselona" tarkibiga qo'shib olingandi. U ketma-ket g'alabalar qozonayotgan Valverdening "Barselona"si kelajagi sifatida qaralgandi.

23 yoshli futbolchi Samyuel Yumtiti davomsiz jarohatlar olayotgan vaqtda katta o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Aslida "Barselona"ning himoyasini kuchaytirish uchun olingan futbolchi kecha "Liverpul" urgan bir necha gollarda aybdor bo'lib qoldi.

Bo'yi uzun bo'lishiga qaramasdan, Langle "Barselona"ning ikkinchi qavatdagi ustunligini taminlab bera olmayapti. O'yin davomida u ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi va "Liverpul"ning ilk golida tomoshabin rolini bajarib berdi. 79-daqiqada Divok Origi urgan golda ham Langle katta aybdor bo'ldi.

1. JORDI ALBA

Ispaniyalik himoyachi "Kamp Nou"da o'tgan bahsning qahramonlaridan biri bo'lgandi. Aynan uning to'p uzatishidan keyin Suares 26-daqiqada hisoni ochgandi.

"Enfild"da Saloh o'ynamasligini eshitgan Alba engil nafas olib, "qizillar"ni yanchish uchun maydonga tushishi kerak edi. Afsuski, 90 daqiqa mobaynida 20 yoshli Aleksanlr-Arnold raqibi uchun qo'rqinchli tushga aylandi.

Albaning himoyalanishi oqibatida ilk gol yuzaga keldi. 54-daqiqada Viynaldum urgan golda aynan Alba to'pni Arnoldga berib qo'ygandi. U "Kamp Nou"da qanchalik yaxshi o'ynagan bo'lsa, "Enfild"da shunchalik yomon o'yin ko'rsatdi. O'yinning umumiy kartinasini esa shu tarzda keltiramiz - "Barselona" yomon o'ynadi va raqibi oldida hech nima qila olmadi.

Aslida biz futbolni mana shunday natijalari uchun sevamiz. 3:0 yoki 4:1 yoki safardagi 2:0 hisobidagi g'alabalar hali keyingi bosqichni kafolatlamasligini ko'rib bo'ldik. Bugun esa "Ayaks" o'z maydonida bir golli ustunlik bilan o'ynaydi. Ko'ramiz, finalda APL derbisi bo'larmikin???

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing