02 fev 12:39
Yangiliklar
Futbol

"Barselona"ning Messidan 63,5 mln evro qarzi bor
Katalon klubi moliyaviy muammolarga duch kelmoqda.
"Marca"ning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati jamoa sadori Lionel Messining maoshini kechiktirmoqda. Gap shundaki, Leoga mavsum boshidan yanvar oyining oxiriga qadar 8,5 mln evro to'langan. Ammo, mavsumning ushbu davrida Messining hisob raqamiga allaqachon 72 mln o'tkazilgan bo'lishi kerak edi.
"Barselona" ayni paytda Messidan 63,5 mln evro qarz bo'lib turibdi. Ushbu miqdor jamoaning qaydnomasida bo'lganlik uchun bonus va imij huquqlaridan kelgan puldan tashkil topgan.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar