07 iyu 12:37
Yangiliklar
Futbol
"Barselona"ning qarzi sabab de Yongning MYUga transferi kechikmoqda
Franki de Yongning nima uchun haliyam "Manchester Yunayted"ga o'tmagani malum bo'ldi.
O'tgan hafta MYU va "Barsa" futbolchining transferi bo'yicha 65+25 mln evrolik kelishuvga erishgandilar.
Malum bo'lishicha, "Barselona" niderlandiyalik 25 yoshli futbolchi oldida qarz bo'lgani uchun ushbu transfer kechikmoqda. Pandemiya vaqtida de Yong to'lovlarning kechikishiga rozi bo'lgandi.
Malum bo'lishicha, klubning futbolchidan maosh bo'yicha 16 million qarzi bor. SHuningdek de Yong ikki mavsumdagi 60 foizdan ko'p o'yinda maydonga tushgani uchun qo'shimcha 4 million evro bonus olishi lozim. Umumiy hisobda "Barselona" futbolchidan 20 million evro qarzdor hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar