17 avg 17:08
Yangiliklar
Bartomeu 50-60 mln evaziga Neymarni ortga qaytarmoqchi
Kataloniya klubi prezidenti Jozep Bartomeu transfer rejalarini o'zgartirishga qaror qildi. U tezda jamoaning o'yinini va uning atrofidagi kayfiyatni o'gartirmoqchi.
Bir oy oldin "Barselona" yuqori narx sabab Neymarni PSJdan xarid qilishdan voz kechgandi va "Inter" forvardi Lautaro Martines bilan shartnoma imzolashga uringandi.
"Barselona" endi PSJ bilan kelishishga harakat qilmoqchi va Neymar borasidagi bitimga Antuan Grizmanni qo'shmoqchi. "Barselona" 50-60 million evro miqdoridagi mablag' qo'shimcha qilinsa, parijliklar qiziqishi uyg'onishiga ishonmoqda. Buning uning braziliyalik klubga bosim o'tkazishi va "Barselona"ga qaytish istagini bildirishi ham kerak bo'lishi mumkin.
SHuningdek, Grizmann asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotganligi sababli transferga rozilik bildirishi taxmin qilinmoqda. Bartomeu Neymarning qaytishi muxlislarning klub rahbariyatiga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi deb o'ylamoqda.
Fikrlar