18 okt 09:37
Yangiliklar
Tennis
Basilashvilini mag'lub etgan Norri "Masters" g'olibi bo'ldi
AQSHning Indian-Uells shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 8 million dollarni tashkil qiluvchi turnir yakuniga etdi.
"Masters" seriyasiga kiruvchi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Kemeron Norri Gruziya vakili Nikoloz Basilashviliga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Norri raqibini 3:6, 6:4, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, o'tgan yilgi Indian-Uells "Masters" turnirida avstriyalik Dominik Tim bosh sovrin sohibiga aylangandi. Tim bu yilgi mavsumning katta qismini jarohati sabab o'tkazib yuboryapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar