So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

27 jan 12:26
Yangiliklar

Boshqalar

Basketbol afsonalaridan biri Kobi Brayant o'limi tafsilotlari: nimalar bo'ldi?

Afsonaviy basketbolchi Kobi Brayant vertolyot qulashi sabab vafot etdi.

- 26 yanvar kuni Los-Anjeles shahri atrofida "Los-Anjeles Leykers" jamoasining sobiq azosi Kobi Brayant vertolyot qulashi sabab vafot etdi. U 41 yoshda edi. 

- Basketbolchi bilan birga uning 13 yoshli qizi Janna ham vertolyotda bo'lgandi. 

- Verolyot bortida umumiy hisobda 9 nafar odam bo'lgan, ularning barchasi halok bo'lgan.

- Brayant 20 yillik professional faoliyatini bitta klubda o'tkazgan. Bu vaqt davomida "Leykers" bilan 5 marotaba NBA chempioni bo'lgan, 2 marta finalning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan, 18 marotaba "Yulduzlar uchrashuvi"ga taklif olgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------------------

Toshkent vaqti bilan taxminan 00:30 da (26 yanvardan 27 yanvarga o'tar kechasi) TMZ Kobi Brayantning aviahalokatda halok bo'lgani haqida xabar tarqatdi. Hususiy vertolyot Los-Anjeles atrofidagi Kalabasas shahri hududida havoda yonib ketgan.

Oradan yarim soat o'tib, Los-Anjeles policiyasi departamenti basketbolchi o'lganini tasdiqladi. 


01:30. Denverda yakshanbaga rejalashtirilgan sakkizta o'yinning dastlabkisi boshlandi. Unda "Naggets" va "Xyuston" jamoalari to'qnash keldi. O'yin boshlanishi oldidan sukut saqlandi. SHarhlovchilar ko'zlarida yosh bilan mashum xabarni elon qilishdi. Lekin, uchrashuv bekor qilingani yo'q. O'sha vaqtda qolgan o'yinlarni o'tkazish-o'tkazmaslik bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tdi. 


01:45. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, vertolyot bortida Kobining qizlari ham bo'lishi mumkin. Uning to'rtta qizi bor: Janna, Natali, Byanka va 7 oylik Kapri. 


02:00. Kunning ikkinchi uchrashuvi ham boshlandi. "Toronto" va "San-Antonio" jamoalari hujum qilishga shoshilishmadi. Uchrashuv boshlangach basketbolchilar 24 soniya kutishdi. 24 - Brayantning raqami edi. 


02:15. O'sha vaqtda vertolyotda Kobi bilan birga uning 13 yoshli qizi Janna ham bo'lgani aytildi. U basketbolchi edi. Ota va farzand qizning safardagi o'yiniga ketishayotgandi. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, vertolyotda qizning jamoadoshi va uning ota-onasi bor edi. 


SHakil O'Nil. Ular o'z vaqtida "Leykers"da etakchi poziciyasini talashib qolishgandi. 2004 yilga kelib SHakil janjal qilib jamoadan ketdi. Ammo, oradan 5 yil o'tib ular "Yulduzlar o'yini"da yarashib olishgandi. 

"Jijim va ukam Kobi Brayant bilan bog'liq tragediya sabab o'zimda so'z topa olmayapman. Sening o'rning bilinadi. Brayant va bort yo'lovchilarining oila azolariga taziya bildiraman. Mazam qochayapti", - deya tvit qoldirdi O'Nil. 


03:40. Bortda 5 nafar emas, 9 nafar odam bo'lgani aytildi. 


Ushbu tragediyadan bir kun oldin NBAning boshqa bir afsonasi Lebron Jeyms eng yaxshi natija ko'rsatuvchi basketbolchilar ro'yxatida Brayantni orta qoldirgandi. 


07:00. "Dallas" xo'jayini Mark Kyuban Brayantning sharafiga endi "Dallas"da ham 24-raqamda xech kim o'ynamasligini malum qildi.


So'nggi 10 yil davomida NBA muxlislari bir mavzu bo'yicha uzoq bahs-munozaralar olib borishardi: Kim kuchli? Kobimi yoki Lebron? Lekin Brayant AQSH terma jamoasidagi jamoadoshiga doim hurmat bilan munosabatda bo'lib kelgan. Ular birgalikda ikkita Olimpiadada g'olib bo'lishgan: Pekin-2008 va London-2012.


Kobi o'zining so'nggi tvitida Lebronni tabriklagandi. O'limiga 15 soat qolganida...


FOTO Kobe Brayant futbolni xush ko'rardi, u “Milan” muxlisi edi…


Match TV malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting:    

Fikrlar

   
27 jan 12:43:09
Bek
Э нималар қилаяпсизлар? Уят эмасми шунча ўқувчисига эга сайтнинг шу даражада саводсизларча мақола чоп этиши? Мақолада жуда кўплаб орфографик хатодан ташқари стилистик хатоларга тўлиб кетибди. Русча мақолани кўр-кўрона, тайёр дастур орқали таржима қилиб сайтга юклаб қўйиш ишми?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing