So’nggi yangiliklar

10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0

07 apr 07:43
Yangiliklar

Boshqalar

Basketbol bo'yicha O'zbekiston chempionati g'oliblari grant asosida o'qishga kiradi

1-6 aprel kunlari Jizzax Olimpiya zaxiralari kolleji sport zalida basketbol bo'yicha 2002-2004 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslari bo'lib o'tdi.

Musobaqada respublikamizning 7ta hududi, yani mezbonlardan tashqari Andijon, Namangan, Farg'ona, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidan kelgan jami 84 nafar sportchi qizlar ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda 3-o'rin uchun Namangan viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoalari to'qnash kelishdi. Unda omad qoraqalpog'istonlik qizlarga kulib boqdi va ular musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

Final bahsida esa Farg'ona va Jizzax viloyatlari basketbolchi qizlari o'zaro kuch sinashishdi. Bunda mezbonlarning qo'li baland keldi va ular musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritishdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarga 1-, 2-, 3-darajali diplomlar hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Ular Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHarof Kulatov, Jizzax Olimpiya zaxiralari kolleji direktori Xurshid Ataqulov hamda Bosh hakam Dilshod Xashimovlar tomonidan taqdirlandi.

Etiborli jihati, O'zbekiston chempioni bo'lgan Jizzax Olimpiya zaxiralari kolleji jamoasining 5 nafar azosi Jismoniy tarbiya fakulteti mavjud bo'lgan oliy o'quv yurtlariga davlat granti (byudjet) asosida o'qishga kirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing