So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

02 mar 08:11
Yangiliklar

Boshqalar

Basketbol. G'oliblar Buxoroga borishadi

CHirchiq tibbiyot kolleji sport zalida “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarining basketbol sport turi bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida Toshkent viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi hamda qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqlari ayni avj pallasida. 

Dasturdan o'rin olgan navbatdagi sportning basketbol turi shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlaridagi akademik licey, kasb-hunar kollej o'quvchilari o'rtasida viloyat saralash bellashuvlari yakuniga etmoqda.

Barcha qulayliklarga ega, keng va yorug' CHirchiq tibbiyot kolleji sport zalida o'tgan viloyat saralash bellashuvlarida ham o'z hududlarida eng yuqori o'rinni band etgan Olmaliq, CHirchiq shaharlari, Bekobod, Oqqo'rg'on, CHinoz hamda Yuqori CHirchiq tumanlaridan yig'ilgan sportchi-o'quvchilar g'oliblik uchun kuch sinashishdi.  

Basketbol bo'yicha uchinchi saralash bosqichi viloyatdagi iqtidorli sportchilarni saralab berdi, deyish mumkin. SHu kuni o'g'il bolalardan iborat 6ta jamoa Respublika finalida ishtirok etish maqsadida bor imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Qiziqarli va ko'taringki ruhda o'tgan bellashuvlarda CHirchiq, Olmaliq, Bekobod jamoalari musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rganliklari bellashuvlar davomida yaqqol sezilib turdi. Musobaqa yakunida ham aynan ushbu jamoalar kuchli uchlikni band etishdi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra, birinchi o'rinni mezbonlar qo'lga kiritgan bo'lishsa, ikkinchi o'rin Olmaliq jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o'rinni Bekobod tumani o'quvchilari egallashdi.

Alisher SULTONOV, CHirchiq tibbiyot kolleji jismoniy tarbiya rahbari:

- “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalari dasturidan o'rin olgan basketbol sport turi bo'yicha o'tkazilgan viloyat saralash bahslarida sportta ishtiyoqi baland, iqtidorli sportchi – o'quvchilar ko'pligi Respublika final musobaqalarida natijalarimiz ijobiy bo'lishiga zamin bo'ladi, deb o'ylayman. 

Finalga yo'l olgan jamoa orasida ikki nafar o'quvchilarimizning borligi ham bizni quvontiradi. Kollejimizda jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan etibor yuqoriligi bois bu kabi musobaqalarda shogirdlarimizning ishtiroki va muvaffaqiyatlarga erishishi biz kabi o'qituvchi - murabbiylarning o'z kasbimizga bo'lgan shijoatimizni yanada oshiradi. Buxoro mezbonlik qiladigan final musobaqalarida shogirdlarimizga CHirchiq tibbiyot kolleji rahbariyati nomidan, jismoniy tarbiya o'qituvchisi Dilshod Isametov va boshqa ustozlar nomidan omad tilaymiz    

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent viloyat mintaqaviy bo'limi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan  diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Eslatib o'tamiz, g'olib jamoa endi joriy oyda Buxoro viloyatida o'tadigan Respublika final musobaqalarida ishtirok etadi.      


Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing