So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

02 mar 09:36
Yangiliklar

Boshqalar

Basketbol. Qarshida ham kuchlilar saralandi

Xuddi CHirchiq tibbiyot kollejida bo'lgani kabi Qarshi shahridagi Sanat kolleji sport majmuasida ham “Barkamol avlod sport jamoalari” dasturidagi basketbol bo'yicha viloyat saralash bahslari yakuniga etdi.

“Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Qashqadaryo viloyati mintaqaviy bo'limi tomonidan o'tkazilgan mazkur viloyat saralash bellashuvlarida barcha tuman va shaharlardan g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar mamlakat bosqichiga chiqish uchun murosasiz kurash olib borishdi. 

Ushbu saralashda CHiroqchi, Qamashi, Koson, Kitob, G'uzor, Qarshi singari tuman o'quvchi-yoshlarining faolligi yaqqol sezilib turdi. Yakuniy natijalarga ko'ra Qarshi shahridagi kollejlarda tahsil olayotgan o'quvchilardan iborat terma jamoa faxrli birinchi o'rinni egallab, Buxoroga yo'l oladigan bo'ldi.

Ikkini o'rin Qarshi tumani yoshlariga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni  G'uzor tumani jamoasi qo'lga kiritdi. G'olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.  

Sardor Eshboboev, “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Qashqadaryo viloyat mintaqaviy bo'limi rais o'rinbosari:

- Musobaqada iqtidorli sportchi-o'quvchilarni aniqlash oson kechmadi. Bugun jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan yuksak etibor tufayli eng olis hududlarimizda ham jamoaviy sport turlari yaxshi ommalashayotganini bugungi basketbol musobaqasida kuzatib, guvohi bo'ldik. Buxoroga boradigan jamoani aniqlab oldik. O'ylaymanki, jamoamiz to'rtinchi bosqichda kuchlilar qatoridan joy olish uchun bor mahoratlarini ishga soladi. 


Ilhom Rahmonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing