17 mar 13:04
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				Basketbolchilarimiz Qirg'izistondagi turnirda ishtirokni boshlashdi
Bugun Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida basketbol bo'yicha erkaklar o'rtasida XXV xalqaro "Navro'z 2018" musobaqasi boshlandi.
			Ushbu xalqaro turnirda o'zbek jamoalari ham ishtirok etishadi. Bahslarda "Spartak" hamda MXSK jamoalari yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Sportchilarimizdan tashqari musobaqada Ozarbayjonning "Boku U20", Qirg'izistonning "Politexnik", "Tulpar Skif" hamda "Gines 29" jamoalari ham qatnashadilar.
MXSK jamoasi bahslarni "Gines 29"ga qarshi boshlasa, "Spartak" jamoasi turnir startida "Baku U20"ga qarshi parketga chiqadi.
Mazkur bellashuvlarda hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar