08 mar 16:41
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" "Ayaks" futbolchisi uchun uch ingliz klubi bilan kurashadi
"Bavariya", "Nyukasl", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" "Ayaks"ning braziliyalik o'yinchisi Antonini kuzatmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 22 yoshli vinger bilan barcha klublar kelayotgan yozda shartnoma imzolashmoqchi.
Braziliyalik "Ayaks"ga 2020 yilning yozida Braziliyaning "San-Paulu" klubidan 15,75 mln evro evaziga o'tgandi.
Antoni joriy mavsum "Ayaks" tarkibida barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar