03 iyu 14:13
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" "Bayer" himoyachisini sotib olishga yaqin
Myunxenliklar Jonatan Ta bilan og'zaki kelishuvga erishildi.
Myunxenning "Bavariya" klubi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi himoyachisi Jonatan Ta bilan kelishuv tuzishga tayyor, deya xabar berdi "Sky Sports".
Xabar qilinishicha, "Bavariya" va 28 yoshli Ta allaqachon og'zaki kelishuvga erishgan. Biroq boshqa klublar ham himoyachining xizmatlariga muhtoj.
"Bavariya" va "Bayer" o'rtasida muzokaralar olib borilayotgani yo'q. Ta ketishni xohlaydi, lekin "Bayer" uni o'zida saqlab qolmoqchi. Jonatan Ta o'tgan mavsum "Bayer" tarkibida 48 ta o'yin o'tkazgan va 6 ta gol urgan hamda 1 ta golli pas uzatgan.
Havola :
Fikrlar