12 noy 08:44
Yangiliklar
Futbol

“Bavariya” Bundesliga jadvalida yana pastladi, jamoa kuchli to'rtlikda ham yo'q
Germaniya chempionatida 11-tur yakunlandi va bu turda “Bavariya” yana mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
“Bavariya” mehmonda “Borussiya D”ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi myunxenliklar Dortmund jamoasidan 7 ochko ortda qolishyapti. “Bavariya” ushbu mag'lubiyat sabab 3-o'rindan 5-pog'onaga tushib ketdi.
“Bavariya” so'nggi 8 yilda Bundesliganing 11 turida bunchalik kam (20 ochko) ochko jamg'armagandi. Klub o'z tarixida hech qachon 11-turdan so'ng musobaqa karvonboshisidan 7 ochko ortda qolib, Germaniya chempioni bo'la olmagan.
Havola :
Fikrlar