30 may 17:53
Yangiliklar
Futbol

"Bavariya" Busketsga qiziqmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Futbolchining Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Ammo, ispaniyalik futbolchi klubdagi og'ir moliyaviy vaziyat sabab yozda "ko'k-anorranglilar"ni tark etishi mumkin.
"Barselona" Busketsning sotuv variantini ko'rib chiqmoqda. "Bavariya" vaziyatni kuzatmoqda va o'yinchi transfer bozoriga chiqqan taqdirda, u bilan shartnoma imzolashga tayyor. 32 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 ta assist yozdirib qo'ydi.
Havola :
Fikrlar