10 mar 18:22
Yangiliklar
Futbol

"Bavariya" - "CHelsi" o'yini ham bo'sh tribunalar ostida o'tkaziladi
CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Bavariya" va "CHelsi" jamoalari o'rtasidagi o'yin ham koronavirus sabab muxlislarsiz o'tadi.
Bu haqda germaniyalik jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda. Kelasi hafta "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadigan javob o'yiniga muxlislar kiritilmaydi.
Agar "Bavariya" chorak finalga chiqsa ham, Myunxendagi o'yin jamoatchilik uchun ochiq bo'lmaydi.
Eslatib o'tamiz, bundan sal avval CHL doirasidagi "Barselona" - "Napoli" o'yini ham muxlislarsiz o'tishi belgilab qo'yilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar