So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

26 may 07:11
Yangiliklar

Futbol

"Bavariya" Germaniya kubogi sohibi yoxud afsonalar sovrinlar bilan kuzatilmoqda

Germaniya Kubogi tarixidagi 76-finalda "Leypcig" "Bavariya" bilan bosh sovrin uchun bellashdi.

Berlindagi "Olimpiashtadion"da kechgan final bahsida mamlakatning qatorasiga 7 karra chempioni bo'lgan "Bavariya" "Leypcig"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 

Birinchi bo'limda Alabaning to'p uzatmasidan Robert Levandovski hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taymda Koman oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida esa Robert Levandovski Kimmixning uzatmasidan keyin finaldagi dublini rasmiylashtirib, "Bavariya"ga o'z tarixidagi 19-mamlakat kubogini taqdim etdi. SHuningdek, hujumchi 7ta gol bilan Germaniya Kubogi to'purariga aylandi. 

Niko Kovach esa qatorasiga ikkinchi yildirki Germaniya Kubogida zafar quchdi. O'tgan yili finalda "Ayntraxt" bilan aynan hozirgi jamoasi "Bavariya"ni dog'da qoldirgan mutaxassis, bu safar Ralf Rangnik boshqaruvidagi "Leypcig"ni mag'lub etdi. 

SHu tariqa Germaniya chempioni ikki yillik tanaffusdan so'ng oltin dublni rasmiylashtirdi.

Qayd etish kerakki, mazkur o'yin "Bavariya" afsonalari Riberi, Robben va Rafinya uchun myunxenliklar bilan o'tkazgan so'nggi rasmiy uchrashuvga aylandi. "RRR" "Bavariya" safidagi o'zining oxirgi ikkita bellashuvida dastlab mamlakat chempionligini, bugun esa Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi.

"Bavariya"da "Robberi" davri tugadi! Riberi va Robbenning "Bavariya"dagi statistikasi: 425 o'yin, 124 gol, 24 sovrin - 309 o'yin, 144 gol, 20 sovrin.


Mamlakat kubogi sohibiga aylangan "Bavariya" ushbu yutuqdan keyin o'z g'aznasini 2,5 million evro bilan boyitdi va qo'shimchasiga teletranslyaciyadan tushadigan bonuslarga egalik qiladi.

Germaniya Kubogi finali.

RB Leypcig – Bavariya 0:3 (0:1, 0:2)

25 may, 23.00, «Olimpiyashtadion»

Gollar: 0:1 – 29 Levandovski, 0:2 – 78 Koman, 0:3 – 85 Levandovski.

RB Leypcig – Gulachi, Konate (Aydara, 82), Xalstenberg, Klostermann, Orban (Upamekano, 70), Zabitcer, Adams (Laymer, 65), Forsberg, Kampl, Poulsen, Verner.

Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Gnabri (Robben, 73), Alkantara, Martines (Tolisso, 65), Koman (Riberi, 87), Myuller, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Upamekano (82), Levandovski (86).

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing