27 avg 07:15
Yangiliklar

“Bavariya” gollar shousi bilan boshladi, Anchelottining omadli debyuti
Amaldagi mamlakat chempioni “Bavariya” o'z maydonida Bremenning “Verder” klubini qabul qilib, raqib jamoa darvozasiga javobsiz 6ta to'p kiritdi. Robert Levandovski uchrashuvda xet-trikka erishdi.
O'yin boshlanishi oldidan Germaniyada o'tgan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jerom Boateng o'ziga atalgan sovrinni qabul qilib oldi. Lekin Boatengning o'zi jarohati bois ushbu o'yinda ishtirok eta olmadi.
“Bavariya”ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Bundesligadagi debyut bahsini haqiqiy bayramga aylantirib yubordi va myunxenlik muxlislarga ochilish o'yinida chiroyli g'alabani taqdim etdi.
Bundesliga, 1-tur.
BAVARIYA – VERDER 6:0 (2:0, 4:0)
“Alyanc-Arena”
Gollar: 1:0 – 9 Xabi Alonso, 2:0 – 13 Levandovski, 3:0 – 46 Levandovski, 4:0 – 66 Lam, 5:0 – 73 Riberi, 6:0 – 77, penalti Levandovski.
“Bavariya” – Noyer, Lam (Rafinya, 74), Martines, Xummels, Alaba (Bernat, 78), Alkantara, Xabi Alonso (Kimmix, 64), Vidal, Myuller, Levandovski, Riberi.
“Verder” – Vidvald, Gebre Selassi, Sane, Diane, Kaldirola, Grillich (Eggeshtayn, 74), Yatabare, Fritc, Bauer, Bartels (Ti, 88), Yuxannsson (SHternberg, 64).
Ogohlantirish: SHternberg (87).
Fikrlar