01 sen 16:53
Yangiliklar
Futbol

"Bavariya" "Inter" bilan Brozovichning transferi borasida aloqaga kirishdi
"Inter" yarim himoyachisi Marcelo Brozovich faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
"Bavariya" "neradzurrilar" bilan 27 yoshli o'yinchining transferi borasida aloqaga chiqqan. Hali tomonlar o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlanganicha yo'q.
Nemis klubi xorvatiyalik futbolchiga "Liverpul"ga o'tishi kutilayotgan Tiago Alkantaraning ehtimoliy o'rinbosari sifatida qaramoqda.
Futbolchi yakunlangan mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Sport1
Fikrlar