30 noy 15:42
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" Keyn transferi ustida ishlashda davom etadi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Tottenxem" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyndan umidini uzmagan.
Nemis klubi rasmiylari har qancha rad etsa-da, bir qator insayderlarining axborotiga ko'ra, "Bavariya" Harri Keyn transferi amalga oshishi uchun faoliyat olib bormoqda. Biroq klub rahbarlari Premer-liga tomoni bilan kelishuvga erishishga shubha bilan qaramoqda.
29 yoshli forvardning Germaniyaga ko'chib o'tishi 80 mln evrodan 100 mln.gacha mablag'ni talab etishi mumkin. Harri Keyn kelajagi borasida Qatardagi mundialdan so'ng qaror berishini aytganidan so'ng ushbu kelishuv biroz oldinga siljidi.
Havola :
Manba : Sky Sports Germany
Fikrlar