06 iyu 10:27
Yangiliklar
Futbol

"Bavariya" Levandovski bilan shartnomani uzaytirdi
Myunxenning "Bavariya" klubi polshalik forvardi bilan shartnomani uzaytirdi.
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Myunxen klub bilan yangilangan shartnomaga imzo chekdi. 30 yoshli o'yinchining shartnomasi 2021 yil yoziga qadar uzaytirildi.
Eslatib o'tamiz, Robert "Bavariya"ga 2014 yildan Dortmundning "Borussiya" klubidan kelib qo'shilgan edi. Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 9 ta assistga erishgan.
Havola :
Fikrlar