06 noy 09:10
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/93978_220.jpg)
"Bavariya" murabbiylik uchun yana bir nomzod
"Bavariya" Niko Kovach istefosidan keyin yangi murabbiy izlashda tinim bilayotgani yo'q.
Myunxenliklar allaqachon PSJ ustozi Tomas Tuxel bilan bog'lanishga ulgurishgan, deya malumot bermoqda "Sky Deutschland" nashri.
"Bavariya" 46 yoshli mutaxassis bilan hoziroq shartnoma tuzishmoqchi. Ammo, bunga javoban Tuxelga yaqin shaxslar, uni ayni vaqtda PSJda qolishini va mavsum yakunida parijliklar natijasidan kelib chiqib, bir qarorga kelishini aytib o'tishgan.
Avvalroq, "Bavariya" short-listidan Ralf Rangnik, Arsen Venner, Erik ten Xag va Massimiliano Allegri singari mutaxassislar o'rin olgani haqida malumot berilgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar