03 dek 12:15
Yangiliklar

“Bavariya” safarda “Maync”ni mag'lub etib, 1-o'ringa ko'tarilib oldi
Garchi myunxenliklar 4-daqiqadayoq o'z darvozalaridan to'p olib chiqishgan bo'lsada, yakunda 3:1 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. Robert Levandovski uchrashuvda dublga erishdi. Yana bir gol Robben hisobiga yozildi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Bavariya” 30 ochko bilan to'plar nisbatiga ko'ra turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ikkinchi o'rindagi “Rasenballsport Leypcige” klubi hisobida ham 30 ochko bor.
Bundesliga, 13-tur
MAYNC – BAVARIYA 1:3 (1:2, 0:1)
“Kofas-Arena”
Gollar: 1:0 – 4 Kordoba, 1:1 – 8 Levandovski, 1:2 – 21 Robben, 1:3 – 90 Levandovski.
“Maync: Lessl, Balogun, Bell, Xak (Oztunaly, 62), Ramalo (De Blasis, 81), Malli, Fray (Latca, 72), Donati, Brosinski, Onisivo, Kordoba.
“Bavariya”: Noyer, Martines, Xummels, Alaba, Alkantara, Lam, Robben, Kimmix (Vidal, 77), Riberi (Duglas Kosta, 66), Myuller (Sanshesh, 87), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Martines (44), Levandovski (76), Kordoba (83), Bell (85), Balogun (90).
Fikrlar