06 fev 16:58
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" Tolissoni jamoada olib qolmoqchi
"Bavariya" bosh direktori Oliver Kan klub yarim himoyachi Korenten Tolissoni saqlab qolishga urinayotgani va u bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligini malum qildi.
"Biz Tolisso bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqdamiz, ammo yakuniy muvaffaqiyat uchun ikki tomonning ham roziligi kerak", - deydi Kan.
Tolisso 2021/22 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
27 yoshli francuzning nemis klubi bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : sport.sky.de
Fikrlar