12 iyu 09:53
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" Upamekanoni sotmaydi
Himoyachi Dayot Upamekano "Bavariya"dagi faoliyatini davom ettiradi.
"Sky Sport Deutschland" xabariga ko'ra, Myunxen klubi franciyalikning jamoadan ketishini taqiqlab qo'ygan. Oldinroq 23 yoshli futbolchi klub rahbariyatiga, agarda Matteys de Ligt "Yuventus"dan transfer qilinsa, jamoadan ketishini malum qilgan.
Unga "CHelsi" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi. Yakunlangan mavsumda Upamekano Bundesliganing 28 o'yinida qatnashib, 1 ta gol va 6 assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar