22 apr 14:10
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" va Levandovski kelasi haftada muzokara o'tkazadi
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
33 yoshli Polsha terma jamoasi o'yinchisi kelasi haftada Myunxen klubi bilan shartnomasi borasida muzokara o'tkazadi. Hujumchi kamida 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomani xohlamoqda.
Uning klub bilan amaldagi bitimi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Levandovski joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Sportowe Fakty
Fikrlar