11 noy 11:00
Yangiliklar
Futbol

“Bavariya” va “Real” o'z futbolchilarini Franciya terma jamoasiga qo'yib yubormadi
Ikki grand klub terma jamoa o'yinlariga veto qo'ydi.
Franciya terma jamoasi ustozi Dide Desham “Bavariya” himoyachisi Buna Sarrni yig'inlarga chaqirishni istagan, biroq Myunxen klubi tibbiy sabablarni ro'kach qilgan va futbolchini terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yubormagan. Desham shundan so'ng Sarrning o'rniga “Monako”dan Ruben Agilarni yig'inga jalb qilgan. Bundan tashqari “Real” Ferlan Mendini, “Leypcig” esa Nordi Mukeleni terma jamoa ixtiyoriga borishini taqiqlagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar