19 sen 07:04
Yangiliklar
“Bavariya” yangi mavsumni 8:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi
Maydon egalarining to'liq ustunligi ostida kechgan bahsda Flik shogirdlari raqiblari darvozasiga javobsiz sakkizta gol kiritishga erishishdi.
Uchrashuv qahramoni Serj Gnabri bo'ldi. U mehmonlar darvozasiga uchta gol urib, xet trik qayd etdi. SHuningdek, jamoa safida debyut o'yinini o'tkazgan Leroy Sane ham myunxenliklar safida gollari hisobni ochdi. Myuller, Levandovski, Gorecka va Musiala ham mavsumning ilk o'yinidayoq o'z gollarini rasmiylashtirishdi.
Bundesliga, 1-tur.
Bavariya – SHalke 8:0 (3:0, 5:0)
Gollar: 1:0 – 4 Gnabri, 2:0 – 19 Goretcka, 3:0 – 31, penalti Levandovski, 4:0 – 47 Gnabri, 5:0 – 59 Gnabri, 6:0 – 69 Myuller, 7:0 – 71 Sane, 8:0 – 81 Musiala.
Bavariya – Noyer, Pavar, Zyule, Lyuka Ernandes, Boateng (Richards, 73), Gnabri (Musiala, 73), Kimmix, Myuller (Zirkzee, 83), Goretcka (Tolisso, 51), Sane (Kyuizans, 73), Levandovski.
SHalke – Fermann, Kabak, Ochipka, Stambuli, Xarit (Bekker, 79), Rudi, Bentaleb, Serdar (SHopf, 30), Matondo (Raman, 66), Pasiensiya (Skribski, 79), Ut.
Ogohlantirishlar: Kabak (30), Kimmix (65), Stambuli (82).
Fikrlar